ELEKTRON TIJORAT (E-COMMERCE) VA O‘ZBEKISTONNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH YO‘LLARI
Опубликован 19.12.2025
Как цитировать
Аннотация
Mazkur maqolada zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblangan elektron tijorat (E-commerce) tizimining O‘zbekiston Respublikasida eksport salohiyatini oshirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Jahon miqyosida raqamli texnologiyalar tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir davrda elektron tijorat mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirish, tovar va xizmatlarni chet el bozorlariga tezkor yetkazib berish, shuningdek, milliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishning samarali vositasi sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston iqtisodiyotida elektron savdo maydonlarini kengaytirish, xalqaro elektron platformalarga integratsiyalashuv, logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda eksport qiluvchi korxonalar uchun raqamli marketing strategiyalarini rivojlantirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada elektron tijoratning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, xususan — normativ-huquqiy baza, to‘lov tizimlari, internet infratuzilmasi, elektron imzo va axborot xavfsizligi tizimlari tahlil etilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning mavjud eksport salohiyati, tashqi bozorlar bilan o‘zaro savdo hajmini kengaytirish imkoniyatlari hamda e-commerce orqali kichik va o‘rta biznes subyektlarining xalqaro savdoda faol ishtirokini ta’minlash mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqotda ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganilib, ular asosida milliy iqtisodiyotga mos taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, elektron tijorat orqali eksport jarayonlarini soddalashtirish, eksportchilar uchun yagona raqamli platformani yaratish, elektron to‘lov tizimlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, logistika zanjirini optimallashtirish va elektron marketing vositalaridan samarali foydalanish kabi yo‘nalishlar alohida e’tiborga olingan. Natijada, elektron tijorat tizimining keng joriy etilishi O‘zbekistonning global iqtisodiy makonda raqobatbardoshligini oshirish, eksport ko‘lamini kengaytirish va milliy brendlarni xalqaro bozorlarda tanitish imkonini beradi.
Библиографические ссылки
- journal.bfa.uz