https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/issue/feed MOLIYA VA BANK ISHI 2025-11-10T04:14:11+00:00 Sherzod Khannaev sh.khannaev@bfa.uz Open Journal Systems
“Moliya va bank ishi” jurnali – moliya, iqtisod va moliyaviy menejment masalalari bo‘yicha o‘ziga xos nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalarini nashr etuvchi ilmiy-amaliy jurnal. Jurnalning asosiy mavzulari: pul va pul tizimi, moliya bozorlari va banklar, xalqaro moliya, firma va korporatsiyalar moliyasi, ijtimoiy moliya, makroiqtisodiy va mintaqaviy siyosatning moliyaviy jihatlari, fiskal va pul-kredit siyosati, moliyaviy monitoring, moliyaviy menejment, yangi moliyaviy texnologiya, raqamli moliyaviy aktivlar, sug'urta, narxlash, moliyaviy xavfsizlik, moliyaviy risklarni boshqarish, moliyaviy huquq.
https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/338 YOSHLAR TADBIRKORLIGI TUSHUNCHASI, XUSUSIYATLARI VA MOLIYALASHTIRISHNI ASOSIY SHAKLLARI 2025-09-08T12:03:59+00:00 Umid Valiev Uvaliev@nbu.uz
Mazkur maqolada bugungi kunda Oʻzbekistonda yoshlar tadbirkorligining holati va rivojlanayotgan mamlakatlardagi ko‘rsatkichlar bilan qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek, tahlil doirasida yoshlar orasida so‘rov o‘tkazildi va uning natijasida aniqlangan muammolar yuzasidan hamda tahlillar asosida yoshlar kapital tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
2025-09-15T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2025 MOLIYA VA BANK ISHI https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/353 O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI BANKLARNING O‘RNI VA ULARNING MOLIYAVIY XIZMATLAR BOZORIDAGI RAQOBATGA TA’SIRI 2025-10-17T10:29:47+00:00 Sherzod Murodov Sherzod.murodov.85@list.ru
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi moliyaviy sektorni tubdan o‘zgartirib, bank xizmatlarining yangi shakli — raqamli banklar faoliyatini shakllantirishga zamin yaratdi. Mazkur maqolada O‘zbekistonda raqamli banklarning shakllanish jarayoni, ularning moliyaviy xizmatlar bozoridagi o‘rni va raqobat muhitiga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida mamlakatdagi mavjud raqamli banklar — TBC Bank Uzbekistan, Anorbank, Ziraat Digital Bank kabi subyektlar faoliyati tahliliy ko‘rsatkichlar asosida o‘rganilib, ularning xizmat sifati, texnologik yangiliklar joriy etish darajasi hamda mijozlar segmentiga ta’siri baholangan. Shuningdek, maqolada raqamli banklarning an’anaviy banklar bilan raqobatga kirishish holatlari, foiz siyosati, mijozlar uchun xizmat tezligi va qulaylik darajasi jihatidan ustunliklari tahlil qilingan.
2025-09-14T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2025 MOLIYA VA BANK ISHI https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/336 O‘ZBEKISTONDA YASHIL OBLIGATSIYALAR VA SUKUK BOZORINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI 2025-09-04T08:04:39+00:00 Gulmira Axmadjonova g.akhmadjonova@gmail.com Sherzod Xannayev sh.khannaev@tiu.uz
Annotatsiya: O‘zbekistonda yashil obligatsiyalar va sukuk bozorini rivojlantirish mamlakatning iqtisodiy hamda ekologik barqarorligini ta’minlashda dolzarb masala hisoblanadi. Yashil obligatsiyalar orqali jalb etilgan mablag‘lar qayta tiklanuvchi energiya, chiqindilarni kamaytirish va ekologik loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Sukuk esa shariat tamoyillariga asoslangan holda, xalqaro investorlardan kapital jalb qilish imkonini beradi. Ushbu bozorlarda rivojlanishning asosiy omillari sifatida davlat siyosiy qo‘llab-quvvatlashi, huquqiy bazani mustahkamlash va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, investorlarga ishonchni oshirish, shaffoflikni ta’minlash va reyting agentliklari ishtirokini kengaytirish zarur. Xalqaro tajriba asosida bu bozorning kengayishi O‘zbekiston uchun iqtisodiy diversifikatsiya va ekologik barqarorlikni uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
2025-09-15T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2025 MOLIYA VA BANK ISHI https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/349 O‘ZBEKISTONDA AHOLINI NOGIRONLIK PENSIYASI BILAN TA’MINLASH TIZIMI VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA PENSIYA XIZMATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING YO‘NALISHLARI 2025-10-02T06:30:19+00:00 Nargiza Azizbekova aminjon.mardono94@gmail.com
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida nogironligi bo‘lgan
shaxslarni pensiya ta’minoti tizimining amaliy holati tahlil qilinadi. Mavjud
normativ-huquqiy baza, pensiya tayinlash mexanizmi va ijtimoiy adolat
prinsiplarining amaliyotdagi ifodasi ko‘rib chiqiladi. Muallif nogironligi
bo‘lgan shaxslar uchun pensiya ta’minotining samaradorligiga ta’sir
qiluvchi omillarni aniqlab, ushbu tizimni takomillashtirishga qaratilgan
taklif va tavsiyalarni ilgari suradi. Tahlil jarayonida mahalliy va xalqaro
tajribalarga tayanilgan holda, tizimni inklyuziv va insonparvar yo‘nalishda
rivojlantirish zaruriyati asoslab beriladi. Maqola ijtimoiy siyosat, huquq va
pensiya ta’minoti sohasidagi mavjud muammolar aniqlanadi hamda
tizimni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Shu
orqali, ushbu toifadagi fuqarolarning munosib hayot darajasini ta’minlash
va ijtimoiy adolat tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish maqsad qilib
qo‘yilgan.
2025-10-02T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2025 MOLIYA VA BANK ISHI https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/346 COMPETITION POLICY FOR DIGITAL PLATFORMS: RECOMMENDATIONS FOR UZBEKISTAN 2025-09-26T09:38:23+00:00 Dilnoza Djalilova dilnoza@iuj.ac.jp

Mazkur maqolada raqamli platformalarni tartibga solishga qaratilgan xalqaro raqobat siyosatlari tahlil qilinib, yetakchi mintaqa va mamlakatlarning eng yaxshi amaliyotlari aniqlanadi hamda O‘zbekistonning “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida tartibga solish tizimini modernizatsiya qilish uchun tavsiyalar berildi. Shuningdek, maqolada turli siyosiy yondashuvlar – jumladan, oldindan belgilangan (ex-ante) tartibga solish, xulq-atvor kodekslari va mintaqaviy hamkorlik modellarining iqtisodiy va ijtimoiy ta’siri solishtirma asosda baholandi.

2025-09-26T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2025 MOLIYA VA BANK ISHI https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/358 ESG Integration and Non-Performing Loans (NPLs) in Central Asian Banking Systems 2025-11-07T07:54:28+00:00 Mashhurbek Jalalov mjalalov@bfa.uz
Ushbu tadqiqot Markaziy Osiyo mintaqasida Atrof-muhit, Ijtimoiy va Boshqaruv (ESG) ko’rsatkichlari bilan bank kredit riski o’rtasidagi bog’liqlikni empirik tarzda birinchi marta o’rganadi. Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikistondan 2015-2024 yillar oralig’ida 32 tijorat bankining o’ziga xos, qo’lda yig’ilgan panel ma’lumotlar to’plamidan foydalangan holda, biz ESG ballarining noto’lovchi kreditlar (NPL) nisbatiga ta’sirini tahil qilamiz. Endogenlik va kuzatilmaydigan geterogenlikni nazorat qilish uchun qat’iy effektlar va Tizimli Birlashtirilgan Momentlar Usuli (GMM) modellaridan foydalangan holda, natijalarimiz umumiy ESG ko’rsatkichi va NPL nisbati o’rtasida sezilarli salbiy bog’liqlik mavjudligini aniqladi. ESG ustunlarining batafsil tahili shuni ko’rsatadiki, bu ta’sir asosan mustahkam Boshqaruv tomonidan amalga oshiriladi, ikkinchi darajali sezilarli hissasi esa Ijtimoiy ko’rsatkichlarga tegishli. Shu bilan birga, Atrof-muhit ustuni ahamiyatsiz bog’liqlikni ko’rsatadi, bu uning kredit riskiga bo’lgan ta’sir kanali mintaqaning amaldagi iqtisodiy tuzilishida hali aniq ifodalangan emasligidan dalolat beradi. Ushbu topilmalar ESG, xususan mustahkam boshqaruv va ijtimoiy amaliyotlarning, banklar uchun faqatgina simvolik harakat emas, balki muhim riskni kamaytirish vositasi ekanligini ta’kidlaydi. Tadqiqot bank menejerlari, tartibga soluvchilar va xalqaro institutlar uchun muhim amaliy natijalarni taqdim etadi va rivojlanayotgan bozorlarda moliyaviy barqarorlikni oshirish uchun ESG omillarni, ayniqsa boshqaruvni, ehtiyotkorlik risklarni boshqarish tizimining markaziga kiritishni tavsiya etadi.
2025-09-15T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2025 MOLIYA VA BANK ISHI https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/341 A ESG TAMOYILLARI ASOSIDA O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI MUSTAHKAMLASH 2025-09-19T03:53:28+00:00 Farrux Esanov esanovfarrukh@gmail.com
Mazkur maqolada tijorat banklari faoliyatiga Ekologik, Ijtimoiy va
Korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish jarayoni ularning
nafaqat moliyaviy foyda olishida, balki uzoq muddatli barqarorligini
ta’minlashda ham muhim omilga aylanmoqda. Ushbu tadqiqot ESG
tamoyillarining tijorat banklari moliyaviy barqarorligini
mustahkamlashdagi o‘rnini tahlil qiladi. Ikkinchi darajali tadqiqot usuli
asosida ilmiy maqolalar, xalqaro hisobotlar va bank amaliyoti tajribalari
o‘rganilib, rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan,
O‘zbekiston misolida ESGning amaliy ahamiyati tahlil qilindi. Tadqiqot
natijalari ko‘rsatishicha, yashil kreditlash, moliyaviy inklyuziya va
samarali korporativ boshqaruv tashabbuslari banklarning nafaqat
rentabelligini, balki xalqaro obro‘-e’tiborini ham oshiradi. Shu bilan birga,
me’yoriy-huquqiy bo‘shliqlar, ESG mezonlaridagi nomutanosiblik va
“greenwashing” muammolari jiddiy to‘siqlar bo‘lib qolmoqda. Maqolada
O‘zbekiston tijorat banklari uchun ESG tamoyillarini amaliyotga chuqur
tatbiq etish bo‘yicha strategik tavsiyalar ilgari surilgan.
2025-09-19T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2025 MOLIYA VA BANK ISHI https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/356 ВОПРОСЫ ВНЕДРЕНИЯ ИСЛАМСКОГО ЛИЗИНГА В УЗБЕКИСТАНЕ 2025-10-31T06:47:16+00:00 oybek isaev_ob@mail.ru
В данной статье раскрывается важность внедрения исламского лизинга в банковско-финансовой сфере. Эта сфера как и все остальные услуги исламского финансирования имеет большой потенциальный спрос в Узбекистане.
2025-09-14T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2025 MOLIYA VA BANK ISHI https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/337 ЗНАЧИМОСТЬ ПЛАТЕЖНЫХ ОРГАНИЗАЦИИ В РАЗВИТИИ ФИНТЕХ РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН 2025-09-08T04:00:28+00:00 Aziz Sadikov a.sadikov@atmos.uz
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida fintech-ekotizimining rivojlanishida toʻlov tashkilotlarining oʻrni va ahamiyati oʻrganiladi. Normativ-huquqiy baza (ZRU-578 «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida»gi Qonun va unga oid hujjatlar), Markaziy bankning rasmiy statistikasi, xalqaro tashkilotlar (Jahon banki, XVF, BMTTD) tahlillari hamda milliy toʻlov infratuzilmalari (UZCARD, HUMO) va fintech-provayderlar (Click, Payme, Payme Plus, TBC UZ) bo‘yicha bozor ma’lumotlariga asoslanib, toʻlov tashkilotlari naqd pulsiz tranzaksiyalar, P2P-o‘tkazmalar, POS-ekvayringning tizimli drayveri sifatida faoliyat yuritishi, super-app modellari rivojlantirilishi va moliyaviy inklyuziyani tezlashtirishi ko‘rsatib beriladi. Tezkor o‘sishning ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilinadi, jumladan infratuzilma raqobati, axborot xavfsizligi, biznes-modellarning barqarorligi va regulyator nazorati masalalari. Keyingi rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida ochiq bank arxitekturasi (Open API), xavfga asoslangan tartibga solish, o‘zaro ishlash imkoniyati (interoperabilnost) va transchegaraviy to‘lov koridorlarini rivojlantirish taklif etiladi.
2025-09-15T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2025 MOLIYA VA BANK ISHI https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/351 OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA MEHNAT HAQI AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH 2025-10-16T10:39:26+00:00 Inomjon Ibragimov iibragimov@bfa.uz

Ushbu maqolamizda oliy ta’lim muassalarida mehnat haqi hisobi bilan bog‘liq operatsiyalar auditini tashkil etish va axborot manbalari bo‘yicha hisobda ularning normativ huquqiy hujjatlar asosida aks ettirilgnaligini tekshirish muammolari yoritilgan. O‘zbekistonda oliy ta’lim muassalari (OTT) sonining dinamik o‘zgarishi, OTTlarda ishchi xodimlarga mehnatiga haq to‘lash, ularga ustama, qo‘shimcha mukofotlar to‘lovlarini auditining xususiyatlari, OTT tashkil etilgan sohalar diagrammasi tahlil qilingan hamda oliy ta’lim tashkilotlarida mehnat haqi auditini takomillashtirish yuzasidan tegishlicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va mavzu yuzasidan xulosalar keltirib o‘tilgan. Shuningdek, davlat va xususiy OTTlarda ishchi xodimlarga mehnatiga haq to‘lashda mehnat ta’tili uchun to‘lovlar hisoblanishi hamda to‘lanishi xususiyatlari bilan bog‘liq operatsiyalar auditini o‘tkazish tartibi yoritilgan.

Bu esa o‘z navbatida oliy ta’lim tashkilotlari (OTT)da mehnatiga haq to‘lash operatsiyalari auditini takomillashtirish uchun xizmat qiladi va audit yakuniy natijalari asosida tegishli asosiy professor-o‘qituvchilar va tegishli bo‘linmalar mas’ul ishchi xodimlarlarining normativ hujjatlarga muvofiq intizomli ish faoliyati olib borishga haqqoniy baho berishga asos bo‘ladi.

2025-10-09T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2025 MOLIYA VA BANK ISHI https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/347 Jahon moliya bozoridagi kriptovalyutalarning dolzarb muammolari va tendentsiyalari 2025-09-26T10:50:03+00:00 Aminjon Mardonov aminjon.mardono94@gmail.com
Maqolada kriptovalyutalar global moliya tizimining ajralmas qismi sifatida shakllanib, investitsiya, to‘lov tizimlari va kapital bozorlarida faol qo‘llanila boshladi. Mazkur maqolada kriptovalyutalarning jahon moliya bozoridagi dolzarb tamoyillari, xususan, ularning narx volatiliteti, likvidlik darajasi, xalqaro investitsion oqimlarga ta’siri hamda regulyativ noaniqlik sharoitida yuzaga kelayotgan xatar va imkoniyatlar tahlil qilingan. Shuningdek, Bitcoin, Ethereum va stablecoinlarning global kapital bozorlarida tutgan o‘rni, kriptobirjalarning xalqaro moliya infratuzilmasidagi roli hamda raqamli aktivlar asosida paydo bo‘layotgan yangi moliyaviy vositalar (DeFi, NFT, tokenlashgan aktivlar)ning istiqbollari yoritilgan. Tadqiqotda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning kriptovalyutalarni tartibga solish bo‘yicha tajribasi solishtirilib, global moliya tizimi uchun umumiy tendensiyalar belgilab berilgan. Olingan natijalar kriptovalyutalarning xalqaro moliyaviy barqarorlikka ta’sirini anglash, milliy moliya bozorlarida ularni qo‘llash istiqbollarini aniqlash hamda institutsional va huquqiy yondashuvlarni takomillashtirish uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
2025-09-10T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2025 MOLIYA VA BANK ISHI https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/359 Зрелость проектного управления в банковском секторе Узбекистана: состояние и направления развития 2025-11-10T04:14:11+00:00 Шерзод Мирзаев aminjon.mardono94@gmail.com
В статье рассматривается современное состояние зрелости проектного управления в банковском секторе Узбекистана на фоне ускоряющейся цифровой трансформации. Проведён обзор международных моделей зрелости (PMMM, OPM3, P3M3, CMMI)

Эмпирическая часть опирается на анкетирование и экспертные интервью руководителей PMO и ИТ‑подразделений банков, а также анализ проектной документации. Результаты указывают на средний уровень зрелости 2,6 из 5 с доминированием стадии формализации процессов и дефицитом интеграции проектного управления
с корпоративной стратегией и цифровой аналитикой.

Сформулированы практические рекомендации:

институционализация PMO, стандартизация методологий на основе PMBOK 6 и Agile, внедрение PPM‑систем и развитие компетенций. Предложена дорожная карта повышения зрелости до уровней 3–4
в горизонте 3–5 лет.
2025-09-14T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2025 MOLIYA VA BANK ISHI https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/344 Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi: O‘zbekistonda Xufiyona iqtisodiyotni kamaytirish hamda biznes muhitini yaxshilashning institutsional asoslari va yangi imkoniyatlari 2025-09-23T14:40:55+00:00 Ibroxim Qayumov ibrokhimkayumov@gmail.com
Мақолада Ўзбекистонда тадбиркорлик субъектларининг барқарорлик рейтинги жорий этилиши, унинг ҳуқуқий асослари ва республикамиз ҳудудида фаолият юритаётган тадбиркорларда солиқ маданиятини шакллантириш, ишончли тадбиркорларни аниқлаш, солиққа ва ташқи иқтисодий фаолиятга оид ҳуқуқбузарликларни профилактика қилиш, қонун доирасида фаолият юритаётган тадбиркорларни қўшимча рағбатлантириш ҳамда тадбиркорларни ҳуқуқий ва иқтисодий саводхонлигини ошириш таҳлил қилинган. Хорижий давлатлар тажрибаси асосида рейтинг тизимининг афзалликлари ва камчиликлари ўрганилган. Статистик маълумотлар асосида рейтинг кўрсаткичлари таҳлил қилинган ва уни такомиллаштириш бўйича таклифлар ишлаб чиқилган. Тадқиқот методологияси сифатида таҳлил, қиёсий таҳлил, статистик усуллардан фойдаланилган.
2025-09-24T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2025 MOLIYA VA BANK ISHI https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/357 MAMLAKATIMIZDA BANK TIZIMINI ISLOH QILISH VA BANK XIZMATLARINI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI 2025-10-31T09:48:57+00:00 Alinazarov Muhammadnazar aminjon.mardonov94@mail.ru
Maqolada so‘nggi yillarda bank tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganilgan. 2024-yilda mamlakat miqyosida ajratilgan kreditlar turlari bo‘yicha taxlil qilingan. Bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-09-14T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2025 MOLIYA VA BANK ISHI